adabiyot va uzbek tili
Pages:
Categories:
- Adiblar hakida (3)
- Ma'ruza matnlari (17)
- Muallif hakida (1)
- testlar (1)
- Til hakida malumot (3)
- Новости (7)
Archives:
Meta:
Alisher Navoiy ijodi – bebaho chashma
Toshkent shahar Uch tepa tumani 203-maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchisi Soqiyev Sobirjon Sodiqovichning tayyorlagan:
K U R S I S H I
Mavzu: Alisher Navoiy ijodi – bebaho chashma
Kurs rahbari: Til va adabiyot kafedrasini katta o’qituvchisi Muhammedova F.S
R E J A:
1. Buyuk bobokalonimiz A.Navoiyning hayoti va ijodi
2. A.Navoiy xazratlarining xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan o’rni.
3. Mumtoz adabiyotida A.Navoiyning tutgan o’rni
4. “Xamsa” dostonining yaratilishi va Xamsachilik an’analari.
Toshkent shahar Uch tepa tumani 203-maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchisi Soqiyev Sobirjon Sodiqovichning tayyorlagan kurs ishiga:
T A Q R I Z
Buyuk shoir , o’z zamonasining ilmli insonlaridan biri bo’lgan komil inson , So’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haqida so’z yuritar ekanman , avvalombor uning teran fikrlilik , insoniy fazilatlarning namoyondaligi, ezgulikning adovat ustidan g’alabasi yorqin yoritilgan shox asarlari ko’z o’ngimda namoyon bo’ladi.
Mazkur kurs ishidagi fkrlar orqali men ana shu shox asarlar taxlilini keng yoritilganini guvohi bo’ldim, uning hayotidagi muhim sanalar, voqealar chuqur tahlil qilinganligini , uning hayoti va ijodi bilan bog’liq ma’lumotlardan keng miqyosda foydalangan holda , ularni to’laqonlicha yetkaza olgan.
Taqrizchi: Muhammedova F.S
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”
2. Adabiyot o’qituvchisiga metodik tavsiyalar. 2010
3. A.Rafiyev. L.Rafiyeva. “O’zbek tili va adabiyoti”. 2008 yil.
4. T.11: Adabiy tanqidiy maqolalar. / mas’ul muharrir: S.Mamajonov. 1989-251b
5. I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T.: O’zbekiston . 1996.-233 b
6. Q.Yo’ldoshev, V.Qodirov, J. Yo’ldoshbekov. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining darslik majmua. 2006.-yil
Kirish.
O’zbek adabiyotining quyoshi , adabiy tilimizni kamolotga yetkazgan Amir Nizomiddin Alisher binni G’iyosiddin Navoiyy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida temuriylar xonadoni amirlaridan bo’gan G’iyosiddin Kichkina oilasida tavallud topdi. 1445-yildan boshlab maktabga boradi. U bo’lg’usi podshoh Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi.
1447-1449 yillarda Alisher oilasi Iroqning Taft shahrida yashaydi. Yosh Alisher Taftda buyuk tarixchi-olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi. 1449-yilda yana Hirotga qaytib keladi. 1452-1457 yillarda otasi G’iyosiddin Kichkina podshoh Abulqosim Bobur saroyida xizmat qiladi, uni podshoh Sabzavor shahriga hokim qilib jo’natadi. Alisher podshoh Abulqosim Bobur homiyligida Mashhadda o’qishni davom ettirdi.
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi, Abu Sayd Mirzo Hirot Taxstini egalladi. 1459-1469 yillari Alisher Navoiy Samarqandda yashadi, unga Samarqand hokimi Ahmad Hojibek , mashhur olm Fazullx Abulays rahnamolik qildi.
1469-yil boshida hirot taxtini Husayn Boyqaro egalladi va uning chaqirig’iga binoan Navoiy 1469 yil aprel oyida Hirotga qaytdi, podshoh unga muhrdorlik lavozimini topshirdi.
1472-yilda navoiy vazir etib tayinlandi.
1476-yilda Navoiy vazirlikdan iste’fo berdi. Endi u davlat ishlaridan biroz yiroq bo’ldi va astoydil badiiy ijod bilan shug’ullandi. 1483-1485 yillarda navoiy 5 dostonni o’z ichiga olgan (“Hayratul abror” 1483-yil, “Farxod va Shirin” 1484-yil, “Layli va Majnun” 1484- yil, “Sabbayi Sayyor” 1485-yil, “Saddi Iskandariy” 1485-yil.) “Xamsa” asarini yaratdi. 1487-yilda Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni Astrobod shahriga hokim etib tayanlandi va 2-yil Astrobodda xizmat qildi. 1492-yilda Abdurahmon Jomiy vafot etdi. 1488-1501-yillarda Alisher Navoiy quyidagi asarlarini yaratdi.
1. “Tarixi muluki Ajam” – 1488-yil
2. “Holati Sayyid Hasan Ardasher” – 1490 yil
3. “Risolai muammo” – 1491 yil
4. “Majolis un-nafois” – 1491-1493 yil
5. “Xamsat ul-mutahayyirin” – 1492-1494 yil
6. “munshaot” – 1492 yil
7. “mezon ul-avzon” – 1492 yil
8. “Holati pahlavon muhammad” – 1496 yil
9. “Nasoim ul-muhabbat” – 1496 yil
10. “Xazoniyy ul maoniy ” devoni – 1491-1498 yil
11. “Devoni Foniy” – 1491-1498 yil
12. “Lisonut tayr” – 1498-1499 yil
13. “Muhokamat ul-lug’atayn” – 1498 1499 yil
14. “Mahbub ul-qulub” – 1500 yil
Bulardan tashqari Alisher Navoiy quyidagi diniy – axloqiy asarlarini ham yozgan:
1. “Nazm ul-javohir” – 1485 yil
2. “Tarixi anbiyo va hukamo” – 1488 yil
3. “Siroj ul-muslimin” – 1488 yil
4. “Arbain”
1501-yil 3-yanvarda Alisher Navoiy vafot etdi. Husayn Boyqaro buyrug’iga ko’ra butun mamlakatda motam e’lon qilindi. Ko’plab shoirlar Navoiy vafoti munosabati bilan marsiyalar, tarixlar yaratdilar. Alishe navoiy nomida : Respublika xalq kutubxonasi, navoiy viloyati, O’zbekiston adabiyot muzeyi, respublika milliy bog’I, o’zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, Samarqand Davlat universiteti, Respublika opera va balet katta teatri.
Navoiy haqda yaratilgn muhim badiiy asarlar:
Oybek “Navoiy” romani
Oybek “Guli va Navoiy” dostoni
Oybek “Alisherning yoshligi” qissasi
Uyg’un va Izzat Sulton “Alisher Navoiy” drammasi
Uyg’un va Izzat Sulton “Alisher Navoiy” filmi
L.Bat “Hayot bo’stoni”
B.Boyqobilov “Shukuhli karvon” She’riy romani va boshqalar.
Navoiyning ko’pina asararida ota onasini rozi qilgan farzand timsolini ko’rsatgan. Farxod, Majnun, Layli, Mehr, Suxayl kabilar shular jumlasidandur. Chunonchi , Farxod xoqon taklif etgan shoxliknii rad etib , otasini mamnun qiladi. Yunonistonda ajdarni o’ldirib, xazinani topgach, uni otasiga taqdim etadi. Uning bu ishidan hamma xursand bo’ladi. Ota onada esa farzand ximmatidan qoniqish va faxr tuyg’usi vujudga keladi.
Ishq majnuni devonaga aylantirgan bo’lsada , lekin u ota ona oldidagi burchini unutmagan edi. U ota ona roziligi uchun Navfalning qiziga uylanishga, ularning shodligi deb makkaga borishga majbur qiladi. Layli esa Majnunni qanchalik sevmasin , ota onasini rozi qilish uchun Ibn Salomga Turmushga chiqichga ko’nadi.
Birinchidan farzand faqatgina ota ona tufayli dunyoga kelganini unutmasligi kerak.
Ikkinchidan farzand ota onasining qanday muomila qilsa , vaqti u ham o’z farzandidan shunday munosabat ko’radi.
Uchinchidan farzand uchun ota onadan yaqin kishi yo’q, chunki ular o’z farzandi uchun jonini berishga ham tayyor
Bu farzni Navoiy ham ta’kidlaydi . jumladan shoirning “Sabbai Sayyor” dostonidagi 5-xiroyatda ta’kidlashicha mehr va Suxaylni otalari shunchalik sevishar edki, farzandlarini bandi qilgan jabirdan tan –tortmay ularni ozod qilish uchun boradilar. Garchi ular ham jobir tomonidan asir olinsalarda, lekin ko’p o’tmay mehirni donoligi va Suxaylining jasorati tufayli ozod bo’ladilar. Yoshlar bir-biriga yetishadilar. O’z bolalaridan rozi bo’lgan shox toj taxtini Suxayliga topshiradi. Bu bilan Alisher Navoiy aytmoqchiki ota ona roziligi har qanday bolani daf etib farzandini albatta maqsadiga yetkazadi.
Kelmadi
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi
Laxza – laxza chiqdimu chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’avu ul sho’xi badxo’ kelmadi
Orazidek oydin erkonda gar etti extiyot
Ro’zgorimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi
Ul parvarish hajridinkim yig’ladim devonavor
Kimsa bormu kim anga ko’rganda kulgu kelmadi
Ko’zlaringdin necha suv kelgay deb o’lturmang meni
Kim bori qon erdi kelgan bir kecha suv kelmadi
Tolibi sodiq topilmas yo’qsa kim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim avval qadam mashuqa o’tro’ kelmadi.
Ey navoiy boda birla xurram et ko’nglin uyin
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg’u kelmadi
Alisher Navoiy ota onasining farzand oldidagi , farzandning ota ona oldidagi burchi haqida ajoyib so’zlar aytgan.
Ota onaning farzand oldidagi farzandga yaxshi nom qo’yishdir. So’ngra ilmu-odob o’rgatish lozim. Shoir bolaning burchi haqida to’xtalib , uning vazifasi ota onani hurmat qilishdi.
Alisher Navoiy payg’ambarimizning fikrlarini rivojlantirar ekan, otani oyga , onani esa undan ham yuksakka ko’tarib quyoshga tenglashtirdi.
Navoiy farzandga qarata:
“ikki dunyoning obod bo’lishni istasang , shu ikki odamning roziligini ol, kim ota onasini rozi qilsa, uni ollox taolo hm umrini ziyoda etadi”
Kuyib chirog’in yondirmoqni o’rgandim Navoiydan,
Kiprikka yosh undirmoqni o’rgandim Navoiydan
Xayot bolkin sipkarmokni o’rgandim Navoiydan
Oq qorani ajratmoqni o’rgandim Navoiydan
Ulus uchun qayg’urmoqni o’rgandim Navoiydan
Xuddi yulduzdek g’azallar porlagay devonida
Olam olam dur yig’ilmish besh dostonida
Ushbu so’z gavxarin xalq asramoqda jonida
Bir qadam tashlar alisher davrimiz karvonida
Nurli izlar qoldirmoqni o’rgandim Navoiydan
Jahon mulki latofatni naqsh ayladi avlodga
Etdi tuxfa adolatni majnun ila farxodga
Qalamini qildi shamshir yodgor kabi jallodga
Jo’r bo’ldi dil mazlum xalqim chekkan alam faryodga
Inson ko’nglin ko’tarmoqni o’rgandim Navoiydan
Go’zallikni timsolimu Shirin, Laylo, Dilorom.
Bu fozila maxbubalar dugonamizdir shu dam
Besh yuz yilkim oshib kelar asrlardan “Assalom”
Zofodorlar jasur qizlar sizga saklar extirom
Ishqda visolu firoqni o’rgandim Navoiydan
Qalamimni Yo’nib bergan Alisherdan qarzim bor
O’z erkimga qo’yib bergan Alisherdan qarzim bor
G’azallarim qurib bergan Alisherdan qarzim bor
Xazinasin bo’lib bergan Alisherdan qarzim bor
She’r bayroqni ko’tarmoqni o’rgandim Navoiydan.
Ulug’ shoir va mutafakkir , ulkan san’at arbobi Alisher Navoiy o’z avlodlariga va jahon xalqlariga juda katta adabiy va ilmiy meros qoldirgan. Qancha davru-davronlar o’tgan bo’lishiga qaramay, u yozgan asarlar bilan bizning zamonamiz ilm toliblarining ham dillarini nazm javohirlari ila munavvar etib kelmoqda. 50-yildirki uning asarlari ma’naviy poklik fikriy yetuklik va badiiy yuksaklikning buyuk mezoni sifatida har bir o’zbek xonadoniga kirib kelmoqda va kishilar qalbidan chuqur joy olmoqda. Navoiy yaratgan bebaxo badiiy durdonalar yuksak san’at namunasi sifatida yangidan yangi avlodlarga ma’naviyat va ma’rifat nurlarini tarataveradi.
Adabiyot shunday ajoyib fandir
Komillikka yetaklar barcha insonni
Manaviy barkamol farzandlar ko’pdir
Kelajagin ko’rar O’zbekistonni…
“Deyin”
Qoshi yosinmi deyin, ko’zi qarosinmu deyin,
Ko’ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
Ko’zi qahrinmu deyin , kipriki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmu deyin?
Ishqi dardinmi deyin , hajri nabardinmi deyin,
Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?
Zulfi dominmi deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaydi , yana birinin adosinmi deyin?
Turfa holinmi deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko’nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin,
Charx ranjinmi deyin , dahr shikanjimu deyin
Jonima har birining javru-jafosinmu deyin?
Ey Navoiy dema qosh-u ko’zining vasfini et ,
Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin?
“O’n saki ming olam oshubi agar boshindadur ”
O’n saki ming olam oshubi agar boshindadur
Ne ajab, chun sarvinozim o’n sakiz yoshindadur
Desa bo’lg’aykim yana , o’n sakiz yil husni bor,
O’n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur,
O’n sakiz yil dema , yuz sakson yil o’lsa , uldurur,
Husn shohi , ul balolarkim ko’zu qoshindadur
Hayrat etmon husnu naqshidaki har hayratki bor,
Borchasi Ezid taolo sun naqqoshindadur.
Tan anga siym-u , ichnda tosh muzmar ko’nglidin,
Aqlg’a yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur
May ketur , ey mug’ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul’ajablarkim , bu eski dayr xuffoshindadur
To Navoiy to’kti ul oy furqatidin bahri ashk
Har qachon boqsang , quyosh aksi aning yoshindadur
“Bo’ldum sanga”
Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldim sanga
Ne baloliq kun edikim, oshno bo’ldum sanga
Har necha dedimki, kun kundin uzay sendin ko’ngul
Vahki, kun kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga
Men qachon dedim, vafo qilg’il manga – zulm aylading
Sen qachon deding , fido bo’lg’il manga – bo’ldim sanga
Qay pari paykarg’a dersen, telba bo’lding bu sifat,
Ey pari paykar , ne qilsang , qil manga , bo’ldum sanga
Ey ko’ngul , tarki nasihat ayladim , ovora bo’l
Yuz balo yetmaski , men ham bir balo bo’ldum sanga
Jomi jam brla Xizr suyi nasibimdur mudom
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga
G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo’dum sanga.
Navoiy o’z salaflarning yuksak san’atkorligini sharaflaydi, ularnin adabiy tajribalaridan ta’lim olganligini e’tirof qiladi. Dostonlarning muqqadima qismida ustozlariga bag’ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug’laydi. Ma’suliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va “Yo’ldasa bu yo’lda Nizomiy yo’lim , qo’ldasa Xisrav bila Jpmiy qo’lim” – deb madad tilaydi. Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlamaydi yoki ularga ko’r ko’rona taqlid qilmaydi. O’z oldiga yangi , o’ziga xos “Xamsa” yaratish vazifasini qo’yadi. Buni muallif “Xamsa” ning o’rnida ochiq oydin ta’kidlaydi . jumladan u “Farxod va Shirin” dostoni muqaddimasida shunday yozadi “Ani nazm etki, toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq Mukkarar aylamak sendin ne loyiq?” bu misralari orqali Navoiy “Xamsa ” yozishdagi belg’ilab olgan o’z yoriqlarini beyond etadi. Shunday asar – doston yozginki o’ziga xos bo’lsin, o’qigan odamlarga yangi, boshqa asarlarga o’xshamasligi sezilib tursin, aks holda asari o’zgalar yozgandek bo’lsa, bunday takrorlash senga loyiq emas.
Emas oson bu maydon ichra tumoq
Nizomiy panjasig’a panja urmoq
Kerak sher oldida ham she’ri jangi
Agar she’r o’lmasa, bore palangi…
Haqiqatdan ham Nizomiydek nazm she’ri ila maydonda turmoq oson emas. U bilan bahslashish uchun sher yoki hech bo’lmasa , yo’lbars bo’lmog’I darkor. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo’ldi. U og’ir va ma’suliyatli bir muddat – ikki yil (1483-1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi. U 1483-yilda “Hayrat ul-abror” falsafiy ta’limiy dostonini , 1484 – yilda uch asarni “Farxod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” ishq qissalarini , “Sabba’I sayyor” ishqiy sarguzasht dostonini, 1485-yili esa “Saddi Iskandariy” qahramonlik dostonini yaratdi.
K U R S I S H I
|
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Toshkent shahar Chilonzor tumani 217-maktabning Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Z. Yarashevaning yozgan
Kurs rahbari: Til va adabiyot kafedrasining
Toshkent – 2010 |
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 217-maktabning
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yarasheva Manzuraning “Sintaksis haqida ma’lumot” mavzusida yozgan kurs ishiga
T A Q R I Z
Ona tili – milliy ma’naviyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning ulkan xazinasi, milliy tafakkurni shakllantiruvchi va ifodalovchi eng asosiy vosita ekanligi Davlat ta’lim standartlari, dastur va darsliklarning konseptual asosi sifatida belgilangan.
Shunday ekan, ona tilidan tashkil etiladigan har bir mashg‘ulot milliy istiqlolning u yoki bu g‘oyasini o‘quvchiga singdirishga xizmat qilmog‘i lozim. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida milliy g‘oya: “O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyoti yo‘lidagi bosh g‘oyasi – ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir,” tarzida e’tirof etilgan va uni tashkil etuvchi yetti unsur ko‘rsatib berilgan. Ushbu unsurlar milliy qadriyatlar, tarix, madaniyat, adabiyot, tabiatga oid matnlar tahlili, ijodiy yozma ishlar, mashqlar bajarish jarayonida botiniy tarzda singdirib boriladi.
Sintaksisda ulkan chigallikni tug‘diradigan masala gap talqinidir. “Gapning markazi” tushunchasini kiritib, uni “tasdiq-inkor, zamon, shaxs-son ma’nolariga ega bo‘lgan birlik” sifatida zamonaviy sharhlandi. Bunday talqin gap nazariyasiga juda ko‘p tuzatishlar kiritdi va talqinni haqiqatga yaqinlashtirdi.
Mazkur kurs ishidagi ma’lumotlar orqali (sintaksis) o‘quvchilarda so‘z birikmasini hosil bo‘lishi va grammatik ma’nolari haqida, so‘zlarni o‘zaro birikish usullari haqida, ulardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini tarkib toptiradi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini, ifodali o‘qish, mushohada yuritish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, do‘stlik, hamkorlik tuyg‘ularini shakllantiradi.
Taqrizchi F. Muhammedova
MAVZU: “SINTAKSIS HAQIDA MA’LUMOT”
REJA
1. Kirish. Sintaksis haqida umumiy ma’lumot.
2. Sintaksisda so‘z birikmasi va gap qurilishi.
3. Gap haqida umumiy ma’lumot.
4. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari.
5. Gap bo‘laklari haqida qisqacha ma’lumot.
Kirish
O‘rta umumta’lim maktablarida ona tili fanining o‘rni beqiyos. Yurtboshimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Dunyodagi jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”.
Shunday ekan, o‘quvchilarni o‘tmish madaniyatiga, ona zaminiga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari, eng avvalo, ona tilini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Bu hol yosh avlodni kamol toptirishda, barkamol avlodni tarbiyalashda ona tili o‘qituvchisining xizmati naqadar katta ekanligini ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning o‘z fikrini ravon, ifodali va lo‘nda bayon qila olish ko‘nikmasini shakllantirish ona tili ta’limining bosh maqsadi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari umumiy o‘rta ta’limda ona tili o‘qitishning metodologik asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Sintaksis haqida umumiy ma’lumot
Sintaksis (grekcha “tuzish” demakdir) grammatikaning ikkinchi qismi bo‘lib, unda so‘z birikmalari, gap turlari o‘rganiladi. Demak, sintaksis so‘z birikmasi sintaksisi va gap sintaksisi degan ikkita bo‘limni o‘z ichiga oladi. Barcha til birliklari (tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gap) mana shu sintaksis bo‘limida amaliy jihatdan o‘zlarini namoyish qiladi.
So‘zlar bir-biri bilan ikki xil bog‘lanadi:
1. Teng bog‘lanish. Bunda bir so‘z boshqasiga tobe bo‘lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi. Masalan, Ertalab maydonda erkaklar va ayollar to‘planishdi gapida erkaklar va ayollar qo‘shilmasi teng bog‘lanishga misol bo‘la oladi. Teng bog‘lanish natijasida so‘z qo‘shilmasi tuziladi.
2. Tobe bog‘lanish. Bunda bir so‘z boshqasiga tobe bo‘ladi: Ertalab to‘planishdi, maydonda to‘planishdi. Tobelikning asosiy belgisi: bir so‘z boshqa so‘zni izohlab keladi. Bir-biriga tobe bog‘langan so‘zlar so‘z birikmasini hosil qiladi.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobe bo‘lib bog‘lanishi so‘z birikmasi deb ataladi.
So‘z birikmasi tarkibida hokim va tobe so‘zlar farqlanadi. So‘z birikmasida ma’nosi izohlanayotgan so‘z hokim so‘z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to‘ldirayotgan so‘z tobe so‘z hisoblanadi. So‘roq hamma vaqt hokim so‘zga qarab beriladi, so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z tobe so‘z hisoblanadi: Shirin olma (qanday olma?).
Hokim so‘z ot, sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, menda ko‘p.
Hokim so‘z fe’lning ravishdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o‘qish, ishni bajarib.
So‘z birikmasi zanjiri. Ba’zan gap takibidagi so‘z bir so‘zga nisbatan hokim, boshqa so‘zga nisbatan esa tobe holatda bo‘lishi yoki bir hokim so‘z bir necha tobe so‘zga, bir tobe so‘z esa bir necha hokim so‘zga bog‘langan bo‘lishi mumkin. So‘z birikmalarining bu tarzdagi holati so‘z birikmasi zanjiri deb ataladi: Hozir hamrohining yuzidan hech qanday ma’no uqib bo‘lmasdi. Bu gapda quyidagi so‘z birikmalari mavjud:
1) hozir uqib bo‘lmasdi; 2) hamrohining yuzidan;
3) yuzidan uqib bo‘lmasdi; 4) hech qanday ma’no;
5) ma’no uqib bo‘lmasdi;
Ko‘rinyaptiki, yuzidan va ma’no so‘zlari ham tobe, ham hokim so‘z mavqelarida kelgan. Yana misollar keltiramiz: Bugun ona tili darsida o‘tilgan yangi mavzuni yaxshi o‘zlashtirdim. Bu gapdagi so‘z birikmalari zanjiri quyidagicha hosil bo‘ladi: 1) yangi mavzuni; 2) o‘tilgan yangi mavzuni; 3) ona tili darsida o‘tilgan yangi mavzuni; 4) bugun ona tili darsida o‘tilgan yangi mavzuni.
|
D i q q a t ! Ega va kesimi qatnashgan gap tarkibida nechta mustaqil so‘z mavjud bo‘lsa, shundan 2 ta kam miqdorda so‘z birikmasi mavjud bo‘ladi: Men bugun maktabga bordim (4 ta must. so‘z). So‘z birikmalari: |
Sintaksisda so‘z birikmasi va gap qurilishi.
1. So‘z birikmasi va so‘z. So‘z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz. So‘z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so‘zga o‘xshab ketadi, ammo so‘z birikmaSi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o‘quvchi – a’lochi o‘quvchi,
yozish – tez yozish.
Ayniqsa, so‘z birikmasini qo‘shma so‘zdan farqlash kerak. Ular o‘zaro quyidagicha farqlanadi:
1) so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘z ma’no mustaqilligini saqlaydi, qo‘shma so‘z qismlari esa ma’no mustaqilligini yo‘qotgan bo‘ladi. Qiyoslang: kitobni sevmoq (so‘z birikmasi) – kitobsevar (qo‘shma so‘z)
2) so‘z birikmasi qismlari o‘rtasidagi grammatik aloqa sezilib turadi, qo‘shma so‘z qismlari o‘rtasidagi grammatik aloqa esa sezilmaydi. Qiyoslang: bilakning uzugi (qaratqich + qaralmish munosabati) – bilaguzuk (bitt bo‘lak)
3) so‘z birikmasi tarkibidagi har bir so‘z alohida-alohida so‘roqlarga javob bo‘ladi, qo‘shma so‘z bir so‘roqqa javob bo‘ladi. Qiyoslang: jo‘shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo‘shib nima qilmoq?), sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo‘shma so‘z.
4) so‘z birikmasi qismlariga alohida-alohida urg‘u berish mumkin, jo‘shma so‘z qismlari esa bitta umumiy urg‘uga egadir. Qiyoslang: ertá pishmóq – ertapishár.
So‘z birikmalari qo‘shma so‘zlarning birinchi bosqichidir: ko‘zning oynagi – ko‘zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoni qarash – dunyoqarash va h.
2. So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanma (ibora) quyidagicha farqlanadi:
1) so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lib, kamida ikkita tushunchani bildiradi, ibora tarkibidagi so‘zlar esa bir tushunchanigina ifodalash uchun birlasib, yaxlitlanib qolgan: ko‘z ummoq (2 ta tushuncha: a’zo va harakat) – so‘z birikmasi; ko‘z yummoq (l ta tushuncha: o‘lmoq) – ibora.
2) turg‘un bog‘lanma (ibora) ma’no jihatidan bir so‘zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan birlikdir, shuning uchun uni lug‘atlarda so‘zlar qatorida berish mumkin. Uning tarkibidagi so‘zlarni hokim yoki tobe birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo‘1 (so‘z birikmasi – aniqlovchi-aniqlanmish) – oq yo’1 (ibora). So‘z birikmasi lug‘atlarda berilmaydi.
3) so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘rnini almashtirish mumkin, iborada esa bunday qilib bo‘lmaydi: uning qaddi – qaddi unung so‘z birikmasi).
3. So‘z birikmasi va gap quyidagicha farqlanadi:
1) gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko‘cha katta. So‘z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko‘cha.
2) gap bitta so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin va u kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi, so‘z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: Bahor (gap). Atrof yam-yashil libosga (so‘z birikmasi) burkangan.
Ergash (tobe) so‘z bilan bosh (hokim) so‘zning birikish usullari
Ergash so‘z bosh so‘z bilan quyidagi usullar yordamida birikadi:
1. Boshqaruv. Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda ergash so‘z bilan bosh so‘zning birikishi ikki xil bo‘ladi:
1) kelishikli boshqaruvda ergash so‘z bilan bosh so‘z o‘zaro tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt yoki chiqish kelishigi qo‘shimchasi yordamida birikadi: Ilg‘orlarni tabriklash, uyga ketish, shaharda yashash, qishloqdan kelish, senga sovg‘a.
2) ko‘makchili boshqaruvda ergash so‘z bilan bosh so‘z o‘zaro ko‘makchilar yordamida birikadi: sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to‘g‘risida gapirish.
Ayrim hollarda grammatik vosita (qo‘shimcha) bo‘lmasligi ham mumkin: Olma terish, shahar borish.
Boshqaruvda tobe so‘z ot yoki ot o‘rnida qo‘llanadigan so‘zlardan, shuningdek, harakat nomi va sifatdoshdan iborat bo‘ladi. Bosh so‘z vazifasida esa ko‘pincha fe’l qo‘llanadi. Ba’zan bu vazifada ot, sifat, ravish va boshqa so‘zlar ham qo‘llanishi mumkin.
Boshqaruvda ko‘pincha ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi, she’riy asarlarda qofiya talabi bilan bosh so‘z oldin, ergash so‘z keyin kelishi mumkin: Bir ajib his bor edi menda…
2. Moslashuv. Bu bosh so‘z bilan ergash so‘zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so‘z qaratqich kelishigi hamda egalik qo‘shimchasi yordamida birikadi; qaratqich kelishigi qo‘shimchasi ergash so‘zga, egalik qo‘shimchasi bosh so‘zga (ba’zan har ikkalasiga ham) qo‘shiladi: ukamning kitobi. Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog‘lanadi: Men ketdim. (1-shaxs)
Moslashuvda odatda ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi. Ba’zan she’riy asarlarda bosh so‘z avval, ergash so‘z keyin keladi: Qalbim mening quvonchga to‘ldi.
Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi tushirilishi mumkin: maktab(ning) hovlisi, bizning maktab(imiz) kabi.
Moslashuv usuli bilan shakllangan birikmalar asosan otli birikmalar hisoblanadi, chunki ot bilan ot qaratqich kelishigi yordamida bog‘lanishi ma’lum.
Nutqimizda uchraydigan a’zoyi badan, oynai jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birikmalar bir so‘z sifatida qo‘llanaveradi.
3. Bitishuv. Ergash so‘zning bosh so‘z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan yoki so‘z tartibi yordamida birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda doimo ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi: tiniq suv, katta ko‘cha. Ularning o‘rni o‘zgartirilsa, gap hosil bo‘ladi: Suv tiniq. Ko‘cha katta.
Bitishuvda ergash so‘z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so‘zlar keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o‘qigan odam, jo‘shib kuylamoq. Bosh so‘z ot va fe’l so‘z turkumidan iborat bo‘ladi.
Birga o‘qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg‘ondan gapirmoq kabi birikmalarning bog‘lanishi o‘rin-payt, yo‘nalish, chiqish kelishigi qo‘shimchalari, ko‘makchilar bilan bog‘langan bo‘lishiga qaramay, boshqaruv emas, balki bitishuv sanaladi, chunki bu birikmalar tarkibidagi kelishik va egalik qo‘shimchalari “qotib” qolgan va ularning ikkita so‘zni bog‘lashda hech qanday roli yo‘q.
Devor soat, uy vazifa, ot to‘rva, non zavod kabi xoslik, mansublik munosabatini bildiradigan birikmalar ham bitishuv munosabatiga misol bo‘ladi.
|
So‘z birikmasi tahlili |
|
|
1. Gapdagi so‘z birikmalari aniqlanadi. 2. Bosh va ergash so‘zlar aniqlanadi. 3. Bosh va ergash so‘zlarning bog‘lanish usuli (moslashuv, boshqaruv, bitishuv) |
4. So‘z birikmasining bosh so‘z turkumi bo‘yicha turi aniqlanadi. 5. So‘z birikmasining tuzilish turi aniqlanadi. |
Gap haqida umumiy ma’lumot.
Muomala vositasining eng kichik birligi gapdir.
Gap orqali tugallangan fikr ifodalanadi: Paxta terimi qizg‘in davom etyapti. Oltin kuz qanday go‘zal!
Gap hosil qilish uchun so‘z va so‘z birikmalarini grammatik jihatdan bog‘lash kerak: Xatni qalam bilan yozdi gapida -ni va bilan bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Bu gapning grammatik jihatdan shakllanganligidir.
Gap ohang jihatdan tugallangan bo‘lishi kerak: Kuz. Hamma yoqda ish qaynayapti. Bu gapdagi Kuz so‘zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi.
Shunday qilib, gapning quyidagi belgilari mavjud:
1. Muomalaning eng kichik birligidir. 2. Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi. 3. Grammatik jihatdan shakllangan bo‘ladi. 4. Tugallangan ohang bilan aytiladi.
Yuqoridagi belgilarga tayangan holda gapning quyidagi ta’rifini keltirib chiqarish mumkin:
|
Tugallangan ohang va flkrga ega bo‘lib, kesimlik shakllari vositasida ifodalangan, muomalaning eng kichik vositasi hisoblangan yakka so‘z yoki so‘zlar yig‘indisi gap deb ataladi. |
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Har qanday gap ma’lum maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ana shu jihatdan gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Darak gap orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar beriladi; bunday gapning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Bugun yaxshi baho oldim.
Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g‘urur, maslahat, tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g‘azab, norozilik, kinoya kabi mazmun turlarini ifodalaydi.
2. So‘roq gap orqali so‘zlovchi o‘zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga undaydi, tasdiqlash yoki inkor qilishga undaydi: Bugun keldingizmi? Yozuvda so‘roq gapning oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi. So‘roq gaplar quyidagi vositalar orqali shakllanadi:
1) so‘roq olmoshlari (kim? nima? qanday? qancha? necha? qaysi?) yordamida. Bunday gaplar so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zni talab qiladi: – Bugun darsga kim kelmadi? – Ahmad.
2) so‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yordamida. Bunday gaplar ha yoki yo‘q degan javobni talab qiladi: – Bu kitobni o‘qidingmi? – Ha.
3) so‘roq ohangi vositasida: Soat ikki bo‘ldi. Ikki bo‘ldi?
Misollardan ma’lum bo‘lyaptiki, bunday gaplar ko‘proq dialogik nutqda uchraydi.
So‘roq gaplar ikki guruhga bo‘linadi: 1) sof so‘roq gaplar javob talab qiladigan gaplardir: Siz ertaga kelasizmi? 2) ritorik so‘roq gaplar so‘roq gaplarning javob talab qilmaydigan turi bo‘lib, javobi o‘z ichida yashiringan va barcha uchun ma’lum bo‘ladi: Men uning to‘satdan kelib qolishini qaydan bilay? Ritorik so‘roq gaplar quyidagi ma’nolarni ifodalashi mumkin: Bu Vatanda nimalar yo‘q (tasdiq). O‘zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga (inkor). Bu nimasi?! (taajjub) Meni tashlab ketmaysanmi?! (tashvish) Maqsad nima, maqsad?! (g‘azab) Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? (gumon) Tokaygacha ezilamiz, ota?! (kuchli hayajon)
3. Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimadir qilishga undash, da’vat qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Bunday gaplarda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashviq, gumon, tashvish, hayajon, g‘azab, yalinish tarzida bo‘lishi mumkin: Avval o‘yla, keyin so‘yla (maslahat). Dadil harakat qil! (buyruq) Ashuladan yana bo‘lsin (iltimos). Qani hamma odamlar sizday bo‘lsa! (orzu) Nahotki, bu siz bo‘lsangiz! (hayratlanish) Sovqotib qolma, issiqroq yot (g‘amxo‘rlik). Kunning tig‘ida nima qilasan, bu yerga kelib, salqinda o‘tirsang-chi! (tashviq) Qo‘rqqan bo‘lsa kerak! (gumon) Xatdan o‘chir o‘g‘limni hozir! (g‘azab, do‘q) Yozuvda buyruq gaplarning oxiriga ko‘pincha undov belgisi, ohangiga qarab esa nuqta ham qo‘yilishi mumkin.
4. Istak gaplarda biror-bir narsa haqida istak, xohish, orzu kabi tuyg‘ular aks ettiriladi. Bunday gaplarning kesimi shart maylidagi (-sa qo‘shimchali) fe’llar bilan ifodalangan bo‘ladi: Qani endi, A’zamjon ham shunaqa bo‘la qolsa edi. (S.Ahm.) Istak gaplar oxiriga nuqta (.) qo‘yiladi.
Gaplar ohangiga, his-tuyg‘uni ifodalashiga ko‘ra 2 xildir:
1. His-hayajonli (undov) gaplar inson ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lgan tuyg‘ular – quvonch, shodlik, taajjub, qayg‘u, afsuslanish, qo‘rqinch singari tuyg‘ularni ifodalaydi va eh, oh, uh, o, uf, obbo kabi undovlar, qanday, qancha, naqadar, shunday kabi so‘zlar yoki faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo‘ladi: Eh, bahorning gashtiga nima yetsin! Farg‘ona vodiysi naqadar go‘zal! Paxta terimi boshlandi! His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq gaplar his-hayajon gapga aylanadi: Dalada qancha odam bor? Dalada qancha odam bor!
2. His-hayajonsiz gaplar his-tuyg‘u ifodalamaydi, oddiy xabar, buyruq yoki so‘roqni ifodalaydi, ya’ni his-hayajon qatnashmagan darak, so‘roq va buyruq gaplar shu guruhga mansubdir.
Gap bo‘laklari haqida qisqacha ma’lumot
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan va o‘zaro tobe bog‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi deb ataladi. Gap bo‘laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma’noda gap bo‘laklarining turlarini belgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi.
Nisbat beriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas. Gap bo‘laklari ikki turli bo‘ladi: bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar. Ega va kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular o‘zaro faqat tobe bog‘lanadi. Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil etadi.
Gap bo‘laklari tuzilishiga ko‘ra ham ikki turga bo‘linadi:
1. Oddiy (sodda) bo‘laklar yakka so‘z bilan ifodalanadi (qo‘shma, juft so‘zlar bilan ifodalansa ham, oddiy bo‘lak hisoblanadi): Dars boshlandi. U sekin javob berdi. Qo‘lidagi uzuklar go‘sha-qo‘sha.
2. Murakkab bo‘laklar turg‘un bog‘lanmalar (to‘g‘ri ma’noli va ko‘chma ma’noli), erkin bog‘lanmalar bilan ifodalangan bo‘laklardir: Aravani quruq olib qochish (nima? turg‘un bog‘lanma) sizga yarashmaydi. Uch og‘ayni (kim? erkin bog‘lanma) shirin suhbat qurishyapti.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”,
Toshkent – 2008.
2. B. Mengliyev, U. Xoliyorov “O‘zbek tilidan universal qo‘llanma”, Toshkent – 2008.
3. M.A. Hamroyev “Ona tili – metodik qo‘llanma”, Toshkent – 2009.
4. “Ona tili”, 8-sunf uchun darslik, R. Sayfullaeva, M. Qodirov, M. Abduraimova, H. Ne’matov, Toshkent – 2006.
K U R S I S H I
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 135-maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchisi Ashurova Sayyoraning tayyorlagan:
K U R S I S H I
Mavzu: Jadid adabiyoti. Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon
Kurs rahbari: Til va adabiyot kafedrasini katta o’qituvchisi Muhammedova F.S
R E J A:
1. Adabiyot haqida fikrlar.
2. Cho’lpon hayoti va ijodi.
3. Asarlari haqida ma’lumot.
4. She’rlaridan namunalar.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ashurova Sayyoraning jadid adabiyoti: Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi mavzusida bajargan kurs ishiga:
T A Q R I Z
XX asr boshlaridagi adabiyot haqida fikr yuritilganda bu davr ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida jadidchilik harakatlari alohida o’rin tutganini ko’ramiz. Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidov, Fitrat, Xoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Islomiy, Obidiy, So’fizoda va boshqa jadidchilik g’oyalarini yoyishda nashroyit ishlarida matbuot sohasida katta e’tibor berdilar. Ayniqsa Cho’lpon bu borada alohida ahamiyatga ega.
Mazkur kurs ishidagi fkrlar orqali Cho’lpon hayoti va ijodi hozirgi davr yoshlarini istiqlol ruhida tarbiyalashda, mustaqilligimizning qadriga yetishda o’rgatishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga yuqoridagi fikrlar orqali qayd etilgan Cho’lpon hayoti va ijodini o’quvchilarga o’rgatish orqali o’quvchilarni ilmsizlik , ma’rifatsizlik, beboshlik kabi salbiy illatlardan nafratlanish, bilim olish o’zaro fikr almashish, yangidan-yangi kashfiyotlar yaratishga undaydi.
Taqrizchi: Muhammedova F.S
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”
2. Cho’lpon “Adabiyot nadur?”. Toshkent. Cho’lpon nashriyoti 1994 yil
3. A.Rafiyev. L.Rafiyeva. “O’zbek tili va adabiyoti”. 2008 yil.
4. T.11: Adabiy tanqidiy maqolalar. / mas’ul muharrir: S.Mamajonov. 1989-351b
5. I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T.: O’zbekiston . 1996.-280 b
6. Q.Yo’ldoshev, V.Qodirov, J. Yo’ldoshbekov. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining darslik majmua. 2006.-yil
Kirish.
“ . . . Adabiyot chin ma’nosi ila o’ngan , so’ngan, o’chgan , majruh, yarador ko’ngilga rux bermak uchun , faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurg’on , o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on , toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladurg’on, chang va tuproqdan tozalaydurg’on buloq suvi bizga g’oyat kerakdur”
Darxaqiqat adabiyot ko’ngil ishi faqat u orqaligina inson tafakkurini to’laqonli yuksaltirish mumkin. Faqat u orqaligina insonda xaqiqiy go’zallikni shakllantirish mumkin. Shu bois ham kamol avlodni tarbiyalashda adabiyotning o’rni beqiyosdir.
San’atlar ichida hech biri xayotni adabiyotchalik tasvirlay olmaydi. Adabiyotning quroli esa – so’zdir. So’zning xam o’z sehri, jozibasi bor. Balki shuning uchundir u inson qalbining tub-tubigacha yetib boradi, uning ko’ngil torlarini chertib yuboradi. Chin xaqiqiy insongina unga oshno bo’ladi, uning sehrli olamiga kira oladi. Adabiyotga oshno bo’lgan qalb faqat go’zallik va poklik sari intiladi, yovuzlik va razillikdan yiroq bo’ladi. Shu sababli yosh avlodga to’g’rilik, insoniylik kabi xislatlar adabiyot orqali singdiriladi. Adabiyot haqida so’z ketganda – adabiyotda hayot mujassam degan gaplarni ko’p eshitamiz. Bu fikrlarning qanchalik rostligini anglash uchun o’tmishga nazar tashlashning o;zi kifoya. O’tmishimiz orqali xalqimiz yaratgan boy ma’naviy merosimizdan baxramand bo’lamiz. Bu ma’naviyat sarchashmalari xalqimizning necha ming yillik xayoti , yashash tarsi, urf odatlari , manaviyati va dunyoqarashi haqida tasavvur xosil qilishimizga imkoniyat yaratadi. Bu durdona asarlar qaysi davrda, qanday mavzuda , kim tomonidan yaratilganidan qat’iy nzar xar birining adabiyot tarixida o’ziga xos o’rni bor.
Necha asrlar osha bizgacha yetib kelgan ko’p asrlik adabiyot tarixida XX asr adabiyotning o’ziga xos o’rni bor. Xaqiqatdan ham XX asr yangi o’zbek adabiyotini dunyoga keltirdi.
Bu davr adabiyotini o’zida sharqiy G’arb adabiy an’analarini uyg’unlashtirgan adabiyot desak, yanglishmaymiz. Zamonaviy adabiyotimizning tamal toshini asrimiz boshlarida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdullla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon , Fitrat kabi ulkan ijodkorlar quyidagilar. Bu davrda ayniqsa , o’zbek nasri yuqori cho’qqiga ko’tarildi, o’zbek romanchiligiga asos solindi. O’zbek kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan, ilk o’zbek romanlari bo’lmish Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” “Mehrobdan chayon” romanlari, undan keyinroq noyob iste’dod sxibi Abdulxamid Cho’lponning “Kecha va Kunduz” romanining yaratilishi bu davr adabiyotining ulkan yutug’i bo’ldi.
“O’tgan kunlar” “Mehrobdan chayon” kabi betakror asarlardan so’ng Sharq va G’arb romanchiligi an’analarini o’zida mujassam etgan “Kecha va Kunduz” romani xozirga qadar bir qancha olimlarimiz tomonidan tadqiq qilingan, o’rganilgan va o’rganilmoqda. Lekin romandagi xotin-qizlar obraziga ham mukammal to’xtatilib , o’rganilgan emas. Men esa o’z ishimda bu mavzuga kengroq, batafsilroq to’xtalib o’tishni maqsad qilib qo’ydim. Hozircha esa romandagi xotin-qizlar obrazining badiiy talqini ustida so’z yuritishdan oldin asarni dunyoga keltirgan bemisl iste’dod soxibi Cho’lpon haqida, uning ijodi haqida qisqacha to’xtalishni lozim topdim.
Cho’lponni bugun o’zbek xalqi yaxshi biladi. U nafaqat o’z yurtida , balki butun turkey olamda ham mashxurdir. Shuning uchun ham uning 1897 yili Andijonda , sulaymon Bazzoz oilasida dunyoga kelganini aytish shart emas. Uning ota – bobosi O’sh viloyatiga qarashli Yorqishloqda yashaganini ham, otasining Rasvo taxallusi bilan ba’zan – ba’zan xajiy g’azallar bitib yurganini ham , dastlabki ma’lumotini madrasada olganini ham hamma biladi.Cho’lpon, o’z tabiatiga ko’ra , muloyim, kamtarin , olijanob, o’zgaar dardi bilan yashovcho inson edi. Uning bunday go’zal insoniy fazilatlari she’rlarida ham, hikoyalarida ham balqib ko’rinadi. Ammo, Cho’lpon singari kishilarning eng muhim fazilati shundaki, ular xalqning bir zarrasi sifatida omma ichiga singib ketmay, un tarixning bepayon o’rmonlarida tentirab yurgan xalqni qayerga va qaysi yo’llar bilan olib borishni avvaldan xis eta va ko’ra biladilar. Agar Cho’lponning 20-yillargacha yozgan , hatto 20-yillarda ham uning qalamidan to’kilgan asarlarga nazar tashlasak, yozuvchining aniq tayin g’oyaviy maqsadi, o’z xalqini yetaklab bormoqchi bo’lgan manzili “mana men” deb ko’rinib turadi. Bu, xalqni mustamlakachilik kishanlaridan ozod etib , uning ruxiga erkinlik baxsh etish , tenglik , milliy mustaqillik va taraqqiyot bayroqlari xilpirab turgan manzillar sarieltirishdir.
Cho’lpon , dastavval shoirdir . uning “Go’zal” “Binafsha” “Sirlardan” “Ko’ngil” “Amalning o’limi ” singari she’rlaridagi go’zalinsoniy tuyg’u va kechinmalar tasvri o’ziga xos va porloqdir. Ammo Cho’lpon mustamlaka xalqning shoiri edi. Shuning uchun ham uning sozidan taralgan kuylar qafasdagi bulbul xonishini ko’proq eslatadi. U o’z xalqining oyoqlaridagi kishanlarni parchalab tashlashni orzu qiladi. Ammo bu kishanlarni uning o’zidan boshqa hech kimning parchalashi mumkin emas. Shuning uchun ham “Buzilgan o’lkaga” “Xalq” “Vijdon erki” singari she’rlarida undagi allaqachon so’nib ulgurgan kurash tuyg’usiga yangi xayot nafasini purkamoqchi bo’ladi. Shu maqsadda yana talaygina hikoyalar yozib , uning qay ahvolda yashayotganini , huddi ko’zgudagidek, ko’rsatishga urinadi. “Oydin kechalarda ” “qor qo’ynida lola” “novvoy qiz” singari hikoyalarida xaqqoniy tasvirlangan voqealar o’sha “qurboni jaholat” da ilk bor qalamga olingan mavzuning yangi yangi qirralaridir. Bu “qirralar” bilan izchil tanishgan kitobxon o’zbek xalqi yashayotigan sharoitnigina emas, ayni paytda uning ongini ham o’zgartirish lozim, degan hukmga kelishi tayin edi.
Cho’lpon 20-oid o’nlab hikoyalar yaratgan. Shulardan o’zbek ayolining ayanchlik taqdiri, xayoti haqida yozilgan hikoyalari haqida so’z yuritmoqchiman, bu hikoyalar “Qor qo’ynida lola” “oydin kechalarda” “nonushta” “gavharoy” kabi hikoyalardir. Bu hikoyalarning to’rtovi ham mushtarak xususiyatlarga ega. Ularning hammasi o’zbek ayolining o’tmshdagi huquqsiz hayotiga bag’ishlangan. Ulardagi qahramon qilb olingan ayollar o’z taqdirlariga mutelik bilan bo’ysinuvchi tishsiz zabonsiz ayollar. Ularning har biri o’z qalbida olam jahon tilaklariga, orzulariga ega, ammo bu orzularni ro’yobga chiqarish yo’lida harakat qilish u yoqda tursin, buni o’ylab ham ko’rmaydilar, orzularini xatto eng yaqin odamlariga aytib ko’ngillarini bo’shata olmaydilar. To’rttala hikoya uchun mushtarak yana bir jihat shundaki, Cho’lpon biron hikoyada syujetni murakkablashtirmaydi, voqeani jo’mgina tasvirlab qo’ya qoladi. Biroq shu tasvir davomida o’zbek hayotini detallar yordamida milliy ranglarda ko’rsatadi.
“Qor qo’ynida lola” hikoyasini olib qaraydigan bo’lsak, hikoyaning sarlavhasiyoq o’zining g’ayritabiiyligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi. Qor bilan lola o’t bilan suvdek gap. Qor qo’ynida bir kun emas, bir nafas turgan lola darxola bujmayib , nobud bo’ladi.
Hikoyada ishlari chappasiga ketib , kasod bo’lgan Samandarning pirga murid tushganligi, o’zining “piri komil” iga arzigulik sovg’a topolmay guldek qizi Sharofatni nazir qilishi tasvirlangan. Hikoya so’ngida qarib quyilmagan eshon esa ikkita xotini ustiga bu nazirni jon-jon deb qabul qilishi va bunga nisbatan Cho’lpon o’z nafratini to’ydan chiqqan yigitlar : “oppoq soqolini jo’jadek qilib , nevarasidek bir qizni aravsida olishini qara” – deydi yigit hamrohiga. Ularning baxsini Mamat qorovul yakunlaydi: “nimasini aytasizlar , yigitlar, dunyo ekan , lolaning ustiga qor yog’di…”
“Oydin kechalarda” hikoyasi ham mahzun ohanglarda yozilgan. Uning qahramoni ikki mushtipar ayol qaynona va kelin. Avvaliga kampir yomon qaynonadek ko’rinadi. Tunda yig’i tovushini eshitib uyg’ongan kampir – uy joyi, kiyim-kechak, hamma narsalar tayyor . . .- novchadek kuyov yonida… kampir kelinidan juda norozi.
Ammo oradan ko’p o’tmay , kelinning nima sababdan tunlar yig’lab chiqishi ma’lum bo’ladi. Bu o’rinda Cho’lponning bir ikki aniq chizgi bilan yorqin manzara yaratish mahoratiga e’tibor bersak:
“Yarim ovro’pacha yig’ishtirilgan bir uyda ikki katta sim karavotga yaxshi, qalin joy solingan. Pastgina javon ustida tungi chiroq yonib turar edi. Qizil shoxi ko’ylak kiygan , qop-qora sochlari yerlarda sudralgan yosh kelin karavot yonida yig’lab- yig’lab qavargan ko’zlarini yengi bilan artib turar edi ”
Ma’lum bo’ladiki , Qodirjon bir yarim oy mobaynida ikki kechagina yosh kelinchak bilan birga bo’lgan, boshqa vaqtlarda esa… Kelinning nechog’li xo’rlanganini bilgan “zolim” qaynona uning tarafdoriga aylandi, unga hamdard bo’ladi, ammo axvolini o’zgartirishga uning ham kuchi yetmydi, taskin berishdan nariga o’ta olmaydi. Yarim kechadan oshganda o’lgudek mast Qodirjon kirib keladi:.
“uni ko’rishlai bilan ikki alamzada birdan:
- Ana keldi – deb yurboradilar. Ularning bu jonli qarshi olishlariga javob o’rnida Qodirjon:
- Где, где моя Анна где моя Аннушка , – dedi . gup etib obruzga yiqildi ”
Qiziq, hikoyada Qodirjonning uylanishi tarixi ham , Annushkaning kimligi ham , Qodirning unga munosabati ham aytilgan emas. Qahramonlar hayotiga oid ko’p narsalar qorong’i qoladi. Lekin shunga qaramasdan, uch kishilik bu oilaning xayotidagi fojialik yaxshi ochilgan. Hikoya kitobxonda mung uyg’otadi va hikoya qahramonlariga hamdardlik tuyg’usini uyg’otadi.
Umuman Cho’lponning hikoyalari ko’pincha oddiy va jo’n voqalarga bag’ishlangan bo’lsada, hayotiygligi , haqqoniyligi bilan qimmatga ega. Ayni chog’da , bu hikoyalar Cho’lpon qalamining qayralishiga yordam beradi. Qolaversa , “kecha va kunduz” dek romanning dunyoga kelishiga zamin hozirlagan. Shuning uchun ham bu hikoyalarga alohida to’xtalib o’tdik, ular adabiyotimiz tarixining muhim faktlaridir.
Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani ana shu hikoyalardan o’sib unib chiqdi. “Qor qo’ynida lola” “oydin kechalarda” kabi hikoyalari bilan tanishib shuni guvohi bo’ldikki, Cho’lpon xotin qizlar taqdiriga befarq bo’lmagan. Asarlarida tilsiz, zabonsiz, haq-huquqsiz o’zbek ayollarining adolatsizlik va haqsizliklariga to’la hayotini real tasvirda ochib bergan.
Hayot va ijod yo’li
Shoir , drammaturg , nosir – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1897-yili Andijonda tug’ildi. Professor Naim Karimov ayrim xotiralarga tayanib , Cho’lponni 1898-yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus o’g’li ma’rifatli , bilimli, ziyolilardan bo’lib , asli savdo bilan shug’ullansada, she’rlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil ko’rmagan, ammo ko’ngli ochiq, suhbati yoqimli , ertag-u qo’shiqlarni ko’p biladigan ayol bo’lgan.
Cho’lpon dastlabki ta’limni oz mahallasidagi maktabda olib , saboqdoshlaridan o’tkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib , Qur’oni Karimni yod oladi. Zamon talabiga ko’ra , o’g’lining rus tili va madaniyatidan ham xaardor bo’lishini istagan otasi Abdulhamidni Andijondagi rus-tuzem maktabiga o’qishga bergan. Bo’lajak shoirga rus tuzem maktabida Botish adabiyoti bilan tanishish imkoni tug’ildi. Bu maktab saboqlari bitgach , mulla Sulaymonqul iste’dodli o’g’lini madrasaga topshirib, yetuk muddaris qilmqchi bo’ldi. Abdulhamid madrsada fors va arab tillarini o’rgangan.. lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh o’zbek adibi Fitrat asarlari ta’sirida turkchilik g’oyalari, jaded qaashlari bilan tanishgan Cho’lpon muddaris emas “o’zbek milliy yozuvchisi” bo’lishga ahd qiladi. Uydagilaridan ruxsat olmay. Toshkentga ketib, ijod bilan shug’ullanadi. U turk , rus, fors tillari vositasida dunyo adabiyoti durdonalarini o’qidi.
Bolaligidan she’rlar yozib turgan Cho’lpon o’z yozmlalarini “Sadoyi Turkiston” “Sadoi Farg’ona” “Turkiston viloyati gazeti” kabi nashrlarda “Qalandar” “Mirza qalandar” “Andijonlik Cho’lpon” taxalluslari bilan chop ettirgan. Keyinchalik Cho’lpon unig asosiy taxallusiga aylanib qoldi.
1914- yilning 18-aprelida “Sadoi Turkiston” gazetasida Cho’lponning “Turkistonli qarindoshlarimizga” degan she’ri bosildi. Oradan o’n bir kun o’tib , shu yerda uning “Qurboni jaholt” hikoyasi chop etildi. Shu yili Yosh qalamkash o’z ijodining mohiyatini ifodalab bergan “Adabiyot nadur?” maqolasini e’lon qildi.. sal o’tib “Do’xtur Muhhammadiyor” hikoyasi bosildi. Xullas qisqa fursatda Cho’lpon yangi adabiyotning yorqin yulduzi sifatida tanildi.
O”quvchi! Cho’lpon deyarli sizning yoshingizda yozgan “Adabiyot nadur?” maqolasida millat hayoti , vatan ranaqida adabiyotning o’rni haqida o’ta jiddiy , o’ylaydigan bilimdon o’spirin ekanligini namoyon etadi. Uning “Ha to’xtamasdan haraat qilib turgan vujudimizga , tanimizga suv, havo naqadar zarur bo’lsa , maishat yo’lida har xil qora Adabiyot yashasa , millat yashar” – degan so’zlari ygitchaning qanchalik katta aql va ulkan bilim egasi ekanligini ko’rsatadi.
Cho’lpon adabiyotni tashviqot quroli, ma’rifat tarqatish vositasi aqlni o’stirish yo’ligina deb bilmaydi. Badiiy adabiyot kishining ongigagina emas, balki tuyg’ulariga ham ta’sir qilishi , uni muvozanatdan chiqarishi , hislarini junmushga keltirishi lozimligini hisobga oladi.
1920-yili bokuda o’tkazilgan Sharq xalqlarining qurultoyi Cho’lpon qarashlarining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.u aynan shu yerda vatan ravnaqiga jon tikkan millatchi shoirlik yo’lini qat’iy tanlab oldi. Bokudan qaytgach, Cho’lpon Fitratning taklifiga kor’a Buxoroga boradi va 1921-1922 yillarda o’zbek tilidagi “buxoro axbori” gazetasni boshqaradi. Bu davrda gazeta o’zbek tilini rasmiy til sifatida yoyish buxorolik mehnatkashlari siyosiy hayotga jalb etish , adabiyot va san’atni rivojlantirish bo’yicha yetakchi nashr mavqeiga erishdi.
1922-yilda shoir Toshkentga qaytib keladi. U “inqilob” jurnali bilan hamkorlik qiladi, endigina dunyoga kelayotgan o’zbek professional teatrini shakllantirish , uni badiiy barkamol asar bilan ta’minlashda ishtirok etadi.
1923-shoir Cho’lpon Andijonda yangi chiqa boshlagan “Darxon” gazetasiga ishga yuborildi. Bir yildan so’ng gazeta yopilgach , u Toshkentga qaytib keladi. Shu vaqtda milly professional teatrini shakllantirish uchun yigirma to’rt nafar iste’dodli o’zbek yoshlari Moskvaga o’qishga yuboriladi. O’qish moskvadagi hali mustaqil davlat hisoblangan. Buxoro maorif uyi qoshidagi teatr-studiyada tashkil etilgandi.
1924-yilda Moskvaga ketadi va shu dramstudiyada tarjimon va dramaturg bo’lib ishlaydi. “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” darsligida B.Qosimov tomonidan Z.Validiyning “Bugungi turk eli va uning yaqin tarixi” kitobiga tayanib bergan ma’lumotlarga qaraganda , Cho’lpon bu yillarda V.Bryusov nomidagi adabiyot institutda saboq olgan. Moskva adabiy muhiti Cho’lponga jiddiy ta’sir qiladi. U eng keyingi estelik yangiliklardan bevosita xabardor bo’ladi. Rus ijodkorlari bilan yaqinlashadi.
1926-yilda Toshkentga qaytgan Cho’lpon sho’ro hukumati yuvindixo’rlari bo’lgan iste’dodsiz kimsalarning qattiq hujumiga duch keldi. Uni “millatchi va badbin shoir” – deya aybsitdilar. Respublika matbuotida Cho’lpon ijodi bo’yicha ur-surdan iborat munozara bo’lib adiblar shoirni turli yo’sinda qo’llaganliklariga, Oybek singari yosh talantlar Cho’lpon ijodiga yonda shishning sog’lom yo’llarini taklif etganliklariga qaramay, shoir kommunis tik mafkura yugurdaklari tomonidan ur kaltak qilindi. Nihoyat madaniyat xodimlarining 1927-yilning oktabrida bo’lib o’tgan II qurultoyida Cho’lpon ijodi g’oyaviy tuturuqsiz ekanligi respublikaning rahbarlaridan biri Akmal Ikromov tomonidan ta’kidlangan, shoir deyarli yakkalab qoladi.
O’tgan asrning 30-yillariga kelib, Cho’lponga nisbatan siyosiy mafkuraviy zug’um yanada kuchaydi. Natijada shoir 1932-yilda Moskvaga ko’chib ketad. U yerda Gogolning “tergovchi” Frankoning “Feruza” Andreevning “osilgan yeti kishining hikoyasi” asarlarini o’zbekchalashtirdi. 1935-yilgacha u yerda yashab , yana toshkentga qaytib keladi va teatrda adabiy emakdosh bo’lib ishlaydi. Bu yillarda unga qaratilgan hujumlar yanada zo’raydi, adib asarlari o’zbek matbuotida bosilmay qo’yildi. Shundan so’ng u ko’proq badiiy tarjima bilan shug’ullanadi. Shekspirning “hamlet” pushkinning “Boris Godunov” “Durovskiy” Gorkiyning “Ona ” singari asarlarni rus tilidan o’zbekchaga ag’dardi. Shu tahlikali yillarda Cho’lpon “Kecha va kunduz” romani , “Soz” she’rlar to’plamini yaratdi.
Millat baxti uchun tikkan jasur o’g’lon , buyuk iste’dod egasi bo’lgan adib 1937-yilning 14-iyulida qamoqqa olinadi. Davrining bir guruh asl farzandlari qatori 1938-yilning 4-oktabrida otib tashlandi.
Sh e ’ r l a r d a n n a m u n a l a r :
QALANDAR ISHQI
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo’lni yo’qotdimku.
Asrlik tosh yanglig’ bu xatarlik yo’lda qotdim-ku,
Karashma dengizin ko’rdim, na nozlik to’lqini border,
Halokat bo’lg’usin bilmay qulochni katta otdim-ku.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi , ayo do’stlar
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku,
Uning gulzorida bulbul o’qib qon ayladi bag’rim,
Ko’zimdan yoshni jo aylab alamlar ichra botdim-ku,
Qalandardek yurib dunyoni kezdim , topmayin yorni
Yana kulbamga qayg’ular , alamlar birla qaytdimku.
Muhabbat osmonida go’zal Cho’lpon edim do’stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku
Boku, 1920
KO’NGIL
Ko’ngil, sen munchalar nega
Kishanlar bilan do’stlashding?
Na faryoding, na doding bor.
Nechun sen muncha sustlashding.
Haqorat dilni og’ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksan , o’lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsen
Kishan kiyma,
Bo’yin egma,
Ki, sen ham hur tug’ilgansan!
Toshkent, 1922
Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va ijodi
MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING HAYOTI VA IJODI.
REJA:
1. M. Behbudiyning hayoti va ijodi.
2. M. Behbudiy - publistist.
3. M. Behbudiy - o’zbek dramaturgiyasining asoschisi.
4. M. Behbudiy – davlat arbobi. Read the rest of this entry »
Toshkent – 2010
Garchi azim daraxt bo’lsa til,
Matn – unda yaralgan hosil
Insoniyatning ijtimoiy siyosiy taraqqiyoyi uchun zarur bo’lgan ilmiy manbalarni avlodlarga meros qilib qoldirish uchun birdan – bir imkoniyat – matn va yaratish ilmi bilan shug’ullanishdir. Demak til imkoniyat, matn esa natijadir; matn egallagan bilim, ko’nikma va malakalar hosilasi. Read the rest of this entry »
Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va ijodi
MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING HAYOTI VA IJODI.
REJA:
1. M. Behbudiyning hayoti va ijodi.
2. M. Behbudiy - publistist.
3. M. Behbudiy - o’zbek dramaturgiyasining asoschisi.
4. M. Behbudiy – davlat arbobi. Read the rest of this entry »
ilg`or tajriba minbari
Mirzo Ulug`bek tumanining ona tili va adabiyot o`qituvchisi Mannopova Dilfuzaxonni tez kunda media darslaridan namunalar beriladi.Unda Ona tili ,adabiyot,milliy g`oya darslarini yangi ped.texnologiyalar asosida o`tilgan namunalaridan xabardor etamiz.
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
(1483 – 1530)
«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir». Eduard Xolden.
Hayot yo‘li
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan. Read the rest of this entry »

